
Oyiga 3,6 mln —
o‘z uyingiz
Boshlang‘ich to‘lovsiz, 60 oyga: Marg‘ilon City’dagi 1 xonali (28,86 m²) — oyiga 3 602 690 so‘m. 20 mln qo‘ysangiz, maxsus taklif bilan 3,1 mln ga tushadi. Narx varag‘i 02.07.2026.
Qayerda
yashamoqchisiz?



Ko‘pchilik betonni sotib oladi. Biz o‘zimiz quyamiz.
2019-yilda beton zavodidan boshladik, 2021-yilda drobilka qo‘ydik, 2022-yilda uy qura boshladik. Bugun shag‘aldan tortib kalitgacha bo‘lgan yo‘l bitta guruh — BBB Group ichida. Materialni kimdandir kutib o‘tirmaymiz, sifati uchun esa boshqaga javobgarlikni ag‘darmaymiz.

B10–B40 markali beton, plita va FBS bloklar. Vodiy bo‘ylab o‘z mikserlarimizda yetkazamiz. Beton va xomashyo laboratoriyada tekshiriladi.
Shag‘al va qum o‘zimizda maydalanadi — betonning asosi boshidan nazoratda.
Mikser, samosval va maxsus texnika — ijaraga olinmagan, o‘zimizniki.
Loyihalaymiz, quramiz va kalitni qo‘lingizga topshiramiz. 2022-yildan beri.
1 Farg‘ona viloyati hokimligi, 24.07.2026 · 2 Kompaniya ma’lumoti
Nega
Beshbola
Uy — bir umrlik xarid. Shuning uchun chiroyli so‘z emas, o‘zingiz tekshira oladigan narsalarni aytamiz.
Material o‘zimizdan
Beton zavodi, drobilka va avtopark bitta guruhda. Qurilishga ketadigan materiallarning 70 foizini o‘zimiz ishlab chiqaramiz.*
Beton tekshiruvdan o‘tadi
Beton va xomashyo qurilishga jo‘natilishidan oldin laboratoriyada tekshiriladi. Shu betonni boshqa quruvchilar ham bizdan oladi.*
Ko‘proq to‘lasangiz — arzonroq
Boshlang‘ich to‘lovga qarab har 1 m² 1,5 mln so‘mgacha arzonlashadi. Chegirma butun xonadonga emas, har bir kvadratga hisoblanadi.
5 yilga bo‘lib to‘lash
Marg‘ilon City’da xonadon narxini 60 oyga bo‘lib to‘laysiz. Oylik to‘lovni loyiha sahifasida o‘zingiz hisoblab ko‘ring.
* Kompaniya ma’lumoti
Boshlang‘ich to‘lov qancha katta bo‘lsa, m² shuncha arzon
Nur Kompleks, Marg‘ilon City va Oltin Vodiy uchun. Tugash sanasi ko‘rsatilmagan. Aktualligini sotuv bo‘limi tasdiqlaydi.
O‘z xonadoningizga hisoblang →Bu uylarda odamlar yashayapti
Shoshilmang.
Avval solishtiring.
Material Telegram yoki SMS orqali yuboriladi.
3 ta savol — mos xonadonni biz topamiz
Menejer mos xonadonlar ro‘yxati va chegirma bilan hisobni yuboradi — ofisga kelishdan oldin hammasini bilib olasiz.
